Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur OTMlar moliyaviy mablag‘lardan foydalanish, xarajatlarni rejalashtirish va universitet faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qator masalalarda mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Prezidentning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan.
Moliyaviy mustaqillik universitetga ayrim moliyaviy masalalarni yuqoridan belgilangan tartibni kutmasdan, o‘z imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib hal qilish vakolatini beradi.
Jumladan, OTMlarning mablag‘lardan foydalanish, xarajatlarni rejalashtirish va universitet faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilish imkoniyatlari kengayadi.
Bu talabalarga qanday foyda beradi?
Moliyaviy mustaqil OTMlarda:
- ta’lim sharoitlari va infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘ yo‘naltirish imkoniyati kengayishi;
- laboratoriya, kutubxona va boshqa ta’lim infratuzilmalarini rivojlantirish;
- professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini qo‘llash;
- yangi ta’lim dasturlari va zamonaviy texnologiyalarni tezroq joriy etish;
- talabalar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish;
- OTMning o‘z rivojlanish strategiyasini mustaqilroq shakllantirishi mumkin.
Shu bilan birga, moliyaviy mustaqillik kontrakt narxi albatta oshadi degani emas. Biroq OTMga berilgan qo‘shimcha vakolatlar kontrakt miqdori, ayrim xizmatlar yoki boshqa to‘lovlarga ta’sir qilishi mumkin. Bunday masalalar har bir OTMning alohida qarorlariga bog‘liq.
Quyida moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta OTMlar ro‘yxati:
- Samarqand davlat chet tillar instituti
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toshkent moliya instituti
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
- Toshkent farmatsevtika instituti
- Toshkent davlat transport universiteti
- Urganch davlat universiteti
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Andijon mashinasozlik instituti
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti
- Samarqand davlat universiteti
- O‘zbekiston Milliy universiteti
- Toshkent davlat texnika universiteti
- Toshkent tibbiyot akademiyasi
- Qoraqalpoq davlat universiteti
- Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
- Buxoro davlat universiteti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti
- Qarshi davlat universiteti
- Termiz davlat universiteti
- Toshkent davlat agrar universiteti
- Guliston davlat universiteti
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
- Namangan davlat universiteti
- Farg‘ona davlat universiteti
- Geologiya fanlari universiteti
- Andijon davlat universiteti
- Andijon davlat tibbiyot instituti
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
- Toshkent davlat stomatologiya instituti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
- Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti
