Qozog‘istonda o‘zbek professori josuslikda gumonlanib uyidan olib chiqib ketilgan

Qozog‘istonda o‘zbek professori josuslikda gumonlanib uyidan olib chiqib ketilgan

Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘zbekistonlik professor josuslikda gumonlanib hibsga olingani xabar qilindi. 46 yoshli professor Maqsut Narikbayev nomidagi universitetida xalqaro aloqalar fanidan dars berib kelgan.

 

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik professor Iqboljon Qoraboyev Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 176-moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur modda josuslik bilan bog‘liq jinoyatlarni nazarda tutadi.

 

Professorning yaqinlaridan biri anonim tarzda ma’lum qilishicha, joriy yil 3-iyul kuni fuqarolik kiyimidagi bir necha shaxs professorning Ostonadagi uyiga kelgan va uni josuslikda ayblanayotganini aytib, olib ketgan.

 

Asli Andijonlik bo‘lgan 46 yoshli Iqboljon Qoraboyev O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, Ostonada rafiqasi va voyaga yetmagan uch farzandi bilan yashab kelgan.

 

Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 176-moddasida josuslik davlat sirlarini xorijiy davlatlar yoki tashkilotlar manfaatlari yo‘lida berish, to‘plash, o‘g‘irlash yoki saqlash, shuningdek, xorijliklar tomonidan Qozog‘iston Respublikasining milliy xavfsizligiga qarshi boshqa ma’lumotlarni shu kabi yo‘llar bilan qo‘lga kiritish bilan bog‘liq harakatlar sifatida belgilangan.

 

BBC’ning ta’kidlashicha, nashr O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsulligiga murojaat qilgan. Biroq rasmiy idoralardan javob olmagan.

 

Bundan tashqari, professor ishlaydigan Maqsut Narikbayev Universiteti esa mavzu bo‘yicha savollarga javob bermagan. Qoraboyev katta ilmiy xodim hisoblangan Belgiyadagi BMT Universitetining Qiyosiy mintaqaviy integratsiya tadqiqotlari instituti (UNU-CRIS) ham rasmiy bayonot bermagan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish