Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Bitiruvchilar sifati indeksi maʼlumotlariga koʻra, bitiruvchilarining oʻrtacha ish haqi eng yuqori boʻlgan nodavlat oliygohlar orasida Central Asian University yetakchilik qilmoqda. Uning bitiruvchilari oʻrtacha 7 mln 900 million soʻm maosh oladi.
Keyingi oʻrinlarda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti — 7 million 400 ming soʻm, ISFT instituti — 7 million 300 ming soʻm hamda Osiyo xalqaro universiteti — 6 million 900 ming soʻm bilan qayd etilgan.
Bitiruvchilarining oʻrtacha ish haqi eng past boʻlgan nodavlat oliygohlar orasida esa SAMBHRAM universiteti — 2 million 800 ming soʻm, Osiyo texnologiyalar universiteti — 3 million 200 ming soʻm, Profi University — 3 million 800 ming soʻm, Toshkent amaliy fanlar universiteti va Qarshi xalqaro universiteti — 3 million 900 ming soʻmdan koʻrsatkich qayd etgan.
Avvalroq, qaysi oliygoh bitiruvchilari eng koʻp maosh olayotgani haqida xabar bergan edik. Unga koʻra, Oliy taʼlim tashkilotlari orasida esa TOP-3 likni Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali (23,4 mln soʻm), Inha universiteti (12,6 mln soʻm) va Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (12,5 mln soʻm) bitiruvchilari egallagan.
