2026-yilning ikkinchi yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust, sentyabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. Nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron, ya’ni kompyuterda o‘tkazilishi belgilangan.
Agentlik tomonidan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili sertifikat imtihonlari sanasi e’lon qilindi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlar o‘zlariga qulay hududni tanlashi va test sinovini aynan shu hududda topshirishi mumkin.
Imtihonlar qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari hamda test sinovlari sanalari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana va muayyan hududdagi o‘rinlar soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.
Shu sababli, muayyan hudud uchun ajratilgan o‘rinlar soni to‘lgach, mazkur hudud bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yopiladi.

