2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 30 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 4,3 barobarga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 10 yilda sezilarli darajada oshgan.
Xususan, 2005/2006-o‘quv yilida mamlakatda 2 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2010/2011-o‘quv yilida ularning soni 6 taga yetgan.
2015/2016-o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 7 tani tashkil etgan.
Keyingi yillarda ham ushbu ko‘rsatkich o‘sishda davom etgan. 2020/2021-o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 18 taga, 2025/2026-o‘quv yilida esa 30 taga yetgan.
Shunday qilib, 2025/2026-o‘quv yili boshidagi ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 4,3 barobarga oshgan.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni:
- 2005/2006-o‘quv yili — 2 ta;
- 2010/2011-o‘quv yili — 6 ta;
- 2015/2016-o‘quv yili — 7 ta;
- 2020/2021-o‘quv yili — 18 ta;
- 2025/2026-o‘quv yili — 30 ta.
Avvalroq, 35 yil ichida Oʻzbekistonda maktablar soni 1,3 barobarga koʻpaygani haqida xabar bergan edik.
