Namanganda 9-sinf o‘quvchisi sun’iy intellekt yordamida 10 dan ortiq animatsion loyiha yaratdi (video)

Namanganda 9-sinf o‘quvchisi sun’iy intellekt yordamida 10 dan ortiq animatsion loyiha yaratdi (video)

Namanganlik 9-sinf o‘quvchisi sun’iy intellekt va zamonaviy grafik dasturlardan foydalanib, bir yil davomida 10 dan ortiq qisqa animatsion loyiha yaratdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Yosh ijodkor kelgusida qisqa metrajli filmlar va animatsion asarlar yaratishni maqsad qilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yangi Namangan tumanidagi 59-son umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Maftuna Sadikbayeva zamonaviy grafik hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, o‘z g‘oyalari asosida qisqa animatsion roliklar tayyorlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, Maftuna bir yil davomida 10 dan ortiq animatsion ishlanmasini YouTube platformasiga joylagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu haqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yosh ijodkor animatsiyalarni yaratishda Adobe Animate, Adobe Illustrator, Mixamo va Blender dasturlaridan foydalanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Loyiha va vizual materiallarni tayyorlash jarayonida esa Meshy AI sun’iy intellekt platformasidan foydalanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, o‘quvchi o‘zbek va ingliz tillarida 10–15 soniyalik qisqa animatsion roliklar yaratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uning aytishicha, animatsiya g‘oyasini shakllantirishdan boshlab, tayyor holga keltirishgacha bo‘lgan jarayon o‘rtacha 3–4 soat vaqt oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Kelajakda mazkur yo‘nalishni chuqurroq o‘zlashtirib, qisqa metrajli filmlar va animatsion asarlarni yaratishni maqsad qilganman, — deydi Maftuna Sadikbayeva.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ayni paytda yosh ijodkor turli tashkilotlar uchun reklama bannerlari va boshqa vizual materiallarni ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Termizda chayonni o‘ldirmasdan zaharini olish qurilmasini yaratgan talaba qiz Talimxabarlari.uz muxbiriga intervyu bergan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠