Jurnalist Karim Bahriyev oʻqigan maktabda uning nomiga stipendiya tashkil etildi

Jurnalist Karim Bahriyev oʻqigan maktabda uning nomiga stipendiya tashkil etildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi taniqli jurnalist Karim Bahriyev taʼlim olgan 8-oʻrta umumtaʼlim maktabi kutubxonasida 22-avgust kuni ijodkor nomidagi 200 dan ortiq badiiy asarlardan iborat kitoblar burchagi, maktabdagi ustozlar, qishloqdoshlari ishtirokida xotira kechasi bo’lib o’tdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu maktabda shoir nomidagi ijodiy stipendiya tashkil etildi va yangi oʻquv yilidan boshlab o’quvchilarga beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Karim Bahriyev 1962-yil 15-iyulda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan, Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi va Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

U “Xoʻjalik va huquq”, “Migratsiya va xavfsizlik” jurnallariga bosh muharrirlik qilgan, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat” gazetalarida, “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” nashrlarida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, Karim Bahriyev 90 yillarning boshlarida “Hurriyat”ning bosh muharriri sifatida ham tanilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠