O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

O’qishni xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko’chirish bo’yicha o’tkazilgan  imtihonning ikkinchi kun natijalari chiqdi.

 

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

 

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi «O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Avvalroq, imtihonning birinchi kun natijalari haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish