19-avgust kuni o‘tkazilgan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

19-avgust kuni o‘tkazilgan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

19-avgust kuni xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan bilishlari mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi «O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun: Joriy yilgi o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 37 752 nafar abituriyentdan 35 464 nafari ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shulardan 28 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠