19-avgust kuni xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan bilishlari mumkin.
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi «O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilgi o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 37 752 nafar abituriyentdan 35 464 nafari ishtirok etgan. Shulardan 28 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan.
