Farg‘onada 41 nafar qizga noqonuniy diniy ta’lim berilgani aniqlandi: ular orasida maktabga chiqmaganlar ham bor

Farg‘onada 41 nafar qizga noqonuniy diniy ta’lim berilgani aniqlandi: ular orasida maktabga chiqmaganlar ham bor

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 41 nafar voyaga yetmagan qizga noqonuniy diniy ta’lim berib kelingani aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qizlar orasida hali maktabga bormagan 5–6 yoshli bolalar ham bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hujrada yotib ta’lim olgani uchun ota-onalari oyiga 600 ming so‘mdan to‘lab kelgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 41 nafar voyaga yetmagan qizga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ayol aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, 1987-yilda tug‘ilgan, tumanning Nurafshon mahallasida yashovchi ayol o‘z xonadonida hujra tashkil qilib, voyaga yetmagan qizlarga diniy saboq berib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hujrada Qo‘qon shahri, Uchko‘prik, Yozyovon, Buvayda va Bag‘dod tumanlarida yashovchi oilalarning 41 nafar qizi yotib ta’lim olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularning orasida 5–6 yoshli, hali maktabga bormagan qizlar ham bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Diniy ta’lim uchun har bir bolaning ota-onasidan oyiga 600 ming so‘mdan to‘lov undirilgani aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, qizlarga diniy ta’lim bergan ayolning oliy ma’lumoti va tegishli diplomi bo‘lmagani ma’lum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, hujrada ta’lim olgan 41 nafar voyaga yetmagan qizning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠