Qaysi fan majmualarida raqobat kuchli? — tahlil

Qaysi fan majmualarida raqobat kuchli? — tahlil

Abituriyentlar uchun oliy taʼlim yoʻnalishlarini tanlash jarayoni yakunlanishiga 5 kun qoldi. Talimxabarlari.uz Bilim va malakalarni baholash agentligining ochiq statistikasi asosida abituriyentlar tanlagan fan majmualarida eng yuqori ball qayd etilgan yoʻnalishlarni tahlil qildi.

 

Oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlarini tanlash jarayoni yakunlanishiga atigi besh kun qoldi. Ayni paytda koʻplab abituriyentlar oʻz imkoniyatlarini baholab, qaysi OTM va yoʻnalishni tanlash ustida bosh qotirmoqda.

 

Shu munosabat bilan Talimxabarlari.uz Bilim va malakalarni baholash agentligining ochiq statistik maʼlumotlarini tahlil qildi. Tahlilda 189 ball va undan yuqori natija qayd etilgan abituriyentlar tanlagan fan majmualari tahlil qilindi.

 

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, barcha fan majmualarida ham 189 ball va undan yuqori natija qayd etilmagan. Ayrim yoʻnalishlarda eng yuqori natija 180 ballga ham yetmagan boʻlsa, ayrim fan majmualarida esa mingdan ortiq abituriyent 189 va undan yuqori ball toʻplashga muvaffaq boʻlgan.

 

Eng yuqori natija — 217,4 ball quyidagi fan majmualarida kuzatilgan:

 

— Matematika + chet tili;
— Matematika + fizika;
— Tarix + chet tili.

 

189 ball va undan yuqori natija eng koʻp qayd etilgan fan majmualari:

 

Fan majmuasi 189 ball olganlar Eng yuqori ball
Matematika + chet tili 1 273 nafar 217,4
Tarix + chet tili 690 nafar 217,4
Ona tili va adabiyoti + chet tili 620 nafar 189
Matematika + fizika 198 nafar 217,4
Davlat va huquq asoslari + chet tili 54 nafar 205,8
Fizika + chet tili 13 nafar 200,9
Tarix + biologiya 7 nafar 189
Kimyo + biologiya 2 nafar 189
Ona tili va adabiyoti + matematika 2 nafar 189
Tarix + ona tili va adabiyoti 2 nafar 193,3
Kimyo + matematika 1 nafar 189
Tarix + matematika 1 nafar 189

 

Tahlillarga koʻra, quyidagi fan majmualarida 189 ball va undan yuqori natija qayd etilmagan:

 

  • Geografiya + matematika (eng yuqori ball — 179,1);
  • Matematika + geografiya (eng yuqori ball — 156,6);
  • Matematika + ona tili va adabiyoti (eng yuqori ball — 181,9);
  • Kasbiy (ijodiy) imtihon + chet tili (eng yuqori ball — 179,4);
  • Kasbiy (ijodiy) imtihon + ona tili va adabiyoti (eng yuqori ball — 168,8).

 

Mazkur statistika qabul natijalarini oldindan belgilab bermaydi. Biroq u ayrim fan majmualarida yuqori ball toʻplagan abituriyentlar soni sezilarli darajada koʻpligini koʻrsatadi. Bu esa ayniqsa grant va yuqori reytingdagi yoʻnalishlarda raqobatning kuchli boʻlishidan dalolat beradi.

 

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlar 8-avgust (shu kuni ham) qadar oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi, taʼlim shakli hamda tanlov ustuvorligini belgilashi lozim.

 

Avvalroq Talimxabarlari.uz abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida qabulning ushbu bosqichiga oid eng muhim yo’riqnoma, tushuntirish va foydali ma’lumotlarni bir joyga jamlagan edi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish