Ertaga “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi uchun test sinovlari o‘tkaziladi (manzillar)

Ertaga “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi uchun test sinovlari o‘tkaziladi (manzillar)

30-iyul kuni respublikaning barcha hududlarida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi doirasida kitobxonlik bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda 208 ta tuman va shahardan saralangan 416 nafar pedagog ishtirok etadi hamda g‘oliblar 576,8 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti uchun bellashadi.

 

Xabar berganimizdek, ertaga, 30-iyul kuni respublikaning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi doirasida kitobxonlik boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.

 

Quyida test oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

 

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Nukus shahri Y.Alako‘z ko‘chasi 54-uy
Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida

 

– Andijon viloyati
Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy
Mo‘ljal: viloyat Malaka oshirish instituti

 

– Buxoro viloyati
Buxoro shahar Bilim va malakalarni baholash test markazi
Manzil: Buxoro shahar Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy
Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);

 

– Jizzax viloyati
Jizzax shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi, To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy;
Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi

 

– Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi 2-uy
Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.

 

– Navoiy viloyati
Navoiy shahar “Kelajak markazi” binosi
Manzil: Navoiy shahar, Aloqa ko‘chasi 6-uy
Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.

 

– Namangan viloyati
Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy
Mo‘ljal: Chorsu.

 

– Samarqand viloyati
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy
Mo’ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

 

– Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Manzil: Termiz shahar “A.Jomiy” MFY, Soʻfi Olloyor koʻchasi, 4/54-uy.
Mo’ljal: “
TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO” buyum bozori.

 

– Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” binosi
Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy
Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i

 

– Toshkent viloyati
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi.

 

– Farg‘ona viloyati
Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A.
Mo‘ljal “Chery” avtosaloni.

 

– Xorazm viloyati
Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi)
Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy.
Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi

 

– Toshkent shahri
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy
Mo‘ljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi.

 

Mazkur bosqichda respublikaning 208 ta tuman va shahridan saralangan 416 nafar pedagog o‘zaro bellashadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir hududdan eng yuqori natija qayd etgan bittadan o‘qituvchi, jami 208 nafar ishtirokchi g‘olib deb eʼlon qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga muvofiq, uchinchi bosqich g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari, yaʼni 576 million 800 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Uchinchi bosqich ishtirokchilari 100 ballik baholash tizimi asosida ikki yo‘nalishda sinovdan o‘tadi. Birinchi yo‘nalish — maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat (20 ball) bo‘lib, unda pedagogning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy faoliyati, shuningdek, sinfdan tashqari tashabbuslari yuzasidan taqdimoti baholanadi.

Ikkinchi yo‘nalish esa kitobxonlik bo‘yicha test sinovi (80 ball) hisoblanadi. Test tasdiqlangan adabiyotlar asosida tuzilgan 40 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi.

Avvalroq, uchinchi bosqich qaysi adabiyotlar roʻyxati asosida oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.