“Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqichi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqichi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichida ishtirok etuvchi pedagoglar uchun tavsiya etilgan ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qildi.

 

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra, tanlovning uchinchi bosqichida nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati samaradorligi hamda kitobxonligi baholanishi belgilangan.

 

Mazkur bosqichda quyida tavsiya etilayotgan ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy adabiyotlardan foydalanishingiz mumkin:

 

  1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”
  2. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni
  3. Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni
  4. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” (Sh.Mirziyoyev)
  5. “Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston” (Sh.Mirziyoyev)
  6. “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” (Sh.Mirziyoyev)
  7. “Sohibqiron” (Abdulla Oripov)
  8. “Turkiy guliston yoxud axloq” (Abdulla Avloniy)
  9. “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy)
  10. “Navoiy” (Oybek)
  11. “Kecha va Kunduz” (Choʻlpon)
  12. “Ikki eshik orasi” (Oʻtkir Hoshimov)
  13. “Ufq” (Said Ahmad)
  14. “Asrga tatigulik kun” (Chingiz Aytmatov)
  15. “Martin Iden” (Jek London)
  16. “Qoʻrqma” (Javlon Jovliyev)
  17. “Otamdan qolgan dalalar” (Togʻay Murod)
  18. “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)
  19. “Ulugʻbek xazinasi” (Odil Yoqubov)
  20. “Alkimyogar” (Paulo Koelo)

 

Avvalroq, nega ayrim pedagoglarga “Yil o‘qituvchisi”ga tavsiya etilgan yoki etilmaganligi bo‘yicha xabar kelmagani haqida ma’lumot berilgandi.