Avgust oyidan ayrim oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi

Avgust oyidan ayrim oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi

2026-yil fevral oyida “Kambag‘al oila” toifasidagi oilalarga tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordamning 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ayrim oilalarda to‘lovlar davom ettirilmasligi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, “Kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarga 2026-yil fevral oyida tayinlangan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam to‘lovlarining 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi.

 

Qayd etilishicha, to‘lovlarning davom ettirilishi yoki to‘xtatilishi oiladagi mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy bandligi asosida baholanadi.

 

Nafaqa quyidagi hollarda keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi:

 

  • oiladagi mehnatga layoqatli shaxs oxirgi 6 oy davomida rasmiy ishlamagan bo‘lsa;
  • Bandlik xizmatlari tomonidan taklif etilgan mos ishni ikki marta yoki undan ko‘p rad etgan bo‘lsa.

 

Nafaqa davom etishi uchun nima qilish kerak?

 

To‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash uchun oiladagi mehnatga layoqatli shaxs quyidagilardan biri orqali rasmiy bandligini ko‘rsatishi zarur:

 

  • Rasmiy ishga joylashish (mehnat shartnomasi asosida);
  • yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan ijtimoiy soliqni to‘liq to‘lash.

 

Eslatma: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam davlat tomonidan haqiqatan ham ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladi. Shuning uchun mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash muhim hisoblanadi.

 

Avvalroq, 2026-yil 1-iyuldan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari oshirilgani haqida xabar bergan edik.