O‘zbekistonda sport maktablari eng ko‘p qaysi hududlarda tashkil etilgan? — statistika

O‘zbekistonda sport maktablari eng ko‘p qaysi hududlarda tashkil etilgan? — statistika

O‘zbekistonda sport-ta’lim muassasalari soni 404 taga yetgan. Ularda 486,5 ming nafar sportchi 33,4 mingta guruh va seksiyada muntazam mashg‘ulot olib bormoqda.

 

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 404 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

 

Ushbu muassasalardagi guruh va seksiyalar soni 33,4 mingtani, ularda sport bilan shugʻullanuvchilar soni esa 486,5 ming nafarni tashkil etgan.

 

Hududlar kesimida sport-taʼlim muassasalari soni quyidagicha:

 

– Toshkent shahri — 41 ta;

 

– Toshkent viloyati — 34 ta;

 

– Fargʻona viloyati — 34 ta;

 

– Buxoro viloyati — 31 ta;

 

– Qashqadaryo viloyati — 31 ta;

 

– Samarqand viloyati — 31 ta;

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 29 ta;

 

– Andijon viloyati — 29 ta;

 

– Xorazm viloyati — 27 ta;

 

– Namangan viloyati — 26 ta;

 

– Navoiy viloyati — 24 ta;

 

– Surxondaryo viloyati — 24 ta;

 

– Jizzax viloyati — 22 ta;

 

– Sirdaryo viloyati — 21 ta.

 

Avvalroq, ayrim harbiy-sport musobaqalari g‘oliblariga harbiy OTMga kirishda qo‘shimcha ball berish rejalashtirilyotgani haqida xabar bergan edik.