Ob-havoning keskin ko‘tarilishi tufayli Qoraqalpog‘istondagi davlat bog‘chalari vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatmoqda

Ob-havoning keskin ko‘tarilishi tufayli Qoraqalpog‘istondagi davlat bog‘chalari vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatmoqda

Qoraqalpog‘istonda havo isib ketishi tufayli davlat bog‘chalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

 

Vazirlik xabariga ko‘ra, ob-havoning keskin isib ketishi munosabati bilan shahar va tuman hokimlarining qaroriga asosan ayrim hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Bular quyidagilar:

 

  • Nukus shahri – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
  • Amudaryo tumani – 2026-yil 13-iyuldan 15-iyulgacha;
  • Beruniy tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
  • Xo‘jayli tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
  • Taxiatosh tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
  • Shumanay tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
  • Mo‘ynoq tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
  • Qonliko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
  • To‘rtko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha.

 

 

Qayd etilishicha, bu qaror bolalarning sog‘lig‘ini issiq havoning ta’siridan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Ishni vaqtincha to‘xtatish tartibi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining tegishli xulosalari va tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

“Hurmatli ota-onalar!

Farzandlaringiz salomatligiga alohida e’tibor qaratishingizni, kunning eng issiq paytlarida ularning ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligingizni va zarur ehtiyot choralariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, Buyuk Britaniyaning Janubi-g‘arbiy hududlarida kuzatilayotgan kuchli issiq ob-havo sababli ayrim maktablar vaqtincha yopilayotganligi haqida xabar berilgan edi.