Abituriyentlar soni barqaror, sertifikatlar keskin ko‘paygan: bu yilgi qabulda nimalar o‘zgardi?

Abituriyentlar soni barqaror, sertifikatlar keskin ko‘paygan: bu yilgi qabulda nimalar o‘zgardi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish jarayoni bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Unga ko‘ra, joriy yil qabulida 677 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkich 2025/2026-o‘quv yilidagi 671 397 nafar abituriyentga nisbatan 6 510 nafarga yoki qariyb 1 foizga ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Umumiy abituriyentlar sonida katta o‘zgarish kuzatilmagan bo‘lsa-da, ayrim ko‘rsatkichlarda sezilarli farqlar mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Joriy yil bitiruvchilarining ulushi oshgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025/2026-o‘quv yilida abituriyentlarning 426 685 nafari yoki 63,6 foizini joriy yil bitiruvchilari tashkil etgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 2026/2027-o‘quv yilida ularning soni 451 744 nafarga yetib, umumiy ro‘yxatdan o‘tganlarning 66,6 foizini tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bir yil ichida joriy yil bitiruvchilari soni 25 059 nafarga yoki 5,9 foizga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlar soni esa 244 712 nafardan 226 163 nafarga kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qabul jarayonida maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarini aynan joriy yilda tamomlagan yoshlarning faolligi ortganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025/2026-o‘quv yili

63,6%
426 685
nafar

2026/2027-o‘quv yili

66,6%
451 744
nafar
Joriy yil bitiruvchilari
↑ 25 059
Bir yil ichida 5,9 foizga oshgan.
Avvalgi yillar bitiruvchilari
↓ 18 549
244 712 nafardan 226 163 nafarga kamaygan.
Joriy yil bitiruvchilarining umumiy abituriyentlar tarkibidagi ulushi 63,6 foizdan 66,6 foizga, ya’ni 3 foiz punktga oshgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Mavzuga doir: Joriy yil qabuli uchun qancha abituriyent roʻyxatdan oʻtdi, ulardan qanchasi testdan ozod etilgan?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ — Statistika

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Xotin-qizlar soni bo‘yicha ustunlik saqlanib qolgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025-yilda ro‘yxatdan o‘tganlarning 361 019 nafari yoki 53,8 foizini xotin-qizlar tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 2026-yilda bu ko‘rsatkich 365 196 nafar yoki 53,9 foizga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Erkak abituriyentlar soni esa 310 378 nafardan 312 711 nafarga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Demak, gender tarkibida keskin o‘zgarish bo‘lmagan: har ikki yilda ham xotin-qizlar ulushi erkaklarga nisbatan yuqoriligicha qolgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025/2026-o‘quv yili
● Xotin-qizlar
361 019
53,8 foiz
Erkaklar ●
310 378
46,2 foiz

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yili
● Xotin-qizlar
365 196
53,9 foiz
Erkaklar ●
312 711
46,1 foiz

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Xotin-qizlar sonidagi o‘sish
↑ 4 177 nafar
Ulushi 0,1 foiz punktga oshgan.
Erkaklar sonidagi o‘sish
↑ 2 333 nafar
Ulushi 0,1 foiz punktga kamaygan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Sertifikatli abituriyentlar soni ikki barobardan ko‘proq oshgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Ikki yil statistikasi o‘rtasidagi eng katta farq milliy va xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar sonida kuzatilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlar soni 2025-yildagi 85 140 nafardan 2026-yilda 193 186 nafarga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ O‘sish 108 046 nafarni tashkil etib, ko‘rsatkich 2,3 barobarga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni ham 58 216 nafardan 125 354 nafarga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Bu bir yil ichida 67 138 nafarlik yoki 115 foizlik o‘sish demakdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Abituriyentlar tomonidan yuklangan va tasdiqlangan xalqaro sertifikatlar soni 18 854 tadan 24 526 taga ko‘paygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ O‘sish 30 foizni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlar
2025-yil
85 140 nafar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026-yil
193 186 nafar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bir yillik o‘sish
+108 046 nafar
Ko‘rsatkich qariyb 2,3 barobarga oshgan.

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Chet tillari bo‘yicha sertifikatlar
2025-yil
58 216 nafar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026-yil
125 354 nafar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bir yillik o‘sish
+67 138 nafar
O‘sish darajasi 115 foizni tashkil etgan.

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Tasdiqlangan xalqaro sertifikatlar
2025-yil
18 854
ta sertifikat
2026-yil
24 526
ta sertifikat
Tasdiqlangan sertifikatlar o‘sishi
+5 672 ta
Bu avvalgi yilga nisbatan 30 foizga ko‘p.

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Eng yuqori o‘sish umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlarda kuzatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Bu yo‘nalishdagi sertifikatli abituriyentlar soni bir yil ichida 108 ming nafardan ziyodga ko‘paygan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Testdan ozod qilinganlar soni qariyb 19 barobarga oshgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025-yilda barcha fanlardan tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026-yilda bunday abituriyentlar soni 12 997 nafarga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Bir yil ichida ko‘rsatkich 12 319 nafarga yoki qariyb 19 barobarga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025-yil
678 nafar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazilganlar soni
2026-yil
12 997 nafar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Sertifikat asosida test topshirmasdan tanlov bosqichiga o‘tkazilgan abituriyentlar

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Son jihatidan o‘sish
+12 319
nafar
O‘sish ko‘lami
19 barobar
qariyb
Tendensiya
Keskin
o‘sish

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur o‘sish sertifikatlar qabul jarayonidagi qo‘shimcha imkoniyatdan amalda muhim tanlov vositasiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarni tanlaganlar kamaygan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 39 307 nafardan 36 500 nafarga kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Pasayish 2 807 nafar yoki 7,1 foizni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlar soni esa deyarli o‘zgarmagan: 2025-yilda 10 572 nafar, 2026-yilda 10 581 nafar abituriyent ushbu yo‘nalishni tanlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar
2025-yil
39 307
nafar
2026-yil
36 500
nafar
O‘zgarish
↓ 2 807
Pasayish 7,1% ni tashkil etdi.

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Oliy harbiy ta’lim muassasalari
2025-yil
10 572
nafar
2026-yil
10 581
nafar

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Qisqa xulosa: iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda pasayish kuzatilgan bo‘lsa, oliy harbiy ta’lim muassasalariga qiziqish
barqaror saqlangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Binolar kamaygan, qabul qilish quvvati oshgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2025-yilda test sinovlarini o‘tkazish uchun 65 ta bino tayyorlangan bo‘lsa, 2026-yilda binolar soni 64 tani tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Shunga qaramay, bir smenada faoliyat yuritadigan guruhlar soni 1 169 tadan 1 183 taga, bir smenada test topshiradigan abituriyentlar soni 35 070 nafardan 35 490 nafarga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Kunlik qabul qilish quvvati ham 70 140 nafardan 70 980 nafarga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Test sinovlari 10 kun davom etishini hisobga olganda, binolarning umumiy nazariy sig‘imi 709 800 nafarni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Bu test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 664 609 nafar abituriyentdan 45 191 nafarga ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Tayyorlangan binolar
2025-yil
65
ta bino
2026-yil
64
ta bino
O‘zgarish: -1 bino
Bir smenadagi guruhlar
2025-yil
1 169
ta guruh
2026-yil
1 183
ta guruh
O‘zgarish: +14 guruh

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bir smenadagi abituriyentlar
2025
35 070⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026
35 490⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

O‘sish: +420 nafar
Kunlik qabul quvvati
2025
70 140⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026
70 980⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

O‘sish: +840 nafar

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Nazariy umumiy sig‘im
709 800
10 kunlik quvvat
Rejalashtirilgan ishtirokchilar
664 609
nafar abituriyent
Zaxira sig‘im
+45 191
nafarga ko‘p

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Mavzuga doir: Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan oldindan tanishishi mumkin

Asosiy o‘zgarish — sertifikatlarning roli kuchaymoqda

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Ikki yillik statistika abituriyentlar umumiy soni barqaror saqlanayotganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq qabul jarayonining ichki tarkibi o‘zgarmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Joriy yil bitiruvchilarining ulushi oshgan, avvalgi yillar bitiruvchilari soni kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Eng katta o‘zgarish esa milliy va xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar sonining keskin ko‘payishi hamda minglab abituriyentlarning test sinovlarisiz bevosita tanlov bosqichiga o‘tayotganida namoyon bo‘lmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Demak, oliy ta’limga kirishda faqat test sinovi natijasi emas, abituriyentning avvaldan tasdiqlangan bilim darajasi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠