Test sinoviga kechikmang: Abituriyentlar imtihon hududiga necha soat oldin yetib kelishi kerak?

Test sinoviga kechikmang: Abituriyentlar imtihon hududiga necha soat oldin yetib kelishi kerak?

2026-2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Abituriyent ruxsatnomalarida koʻrsatilgan 6:30 va 13:30 vaqtlari test sinovining boshlanish vaqtini emas, balki test oʻtkaziladigan hududga yetib kelish vaqtini anglatadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari joriy yilda ham ikki smenada oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda birinchi smena soat 8:00, ikkinchi smena esa soat 15:00 da boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shunga qaramay, abituriyent ruxsatnomalarida test vaqti 6:30 hamda 13:30 deb koʻrsatilgani ayrim abituriyentlarda savollar uygʻotmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlum qilinishicha, ruxsatnomadagi ushbu vaqt test sinovi boshlanish vaqtini emas, balki abituriyentlarning test oʻtkaziladigan hududga yetib kelishi kerak boʻlgan vaqtni anglatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunga sabab, har yili koʻplab abituriyentlar testga kechikib kelishi oqibatida sinovlarga kiritilmay qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Test hududiga kirishda shaxsni aniqlash, hujjatlarni tekshirish va xavfsizlik nazoratidan oʻtish kabi bir necha bosqichli jarayonlar amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois abituriyentlarning belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin yetib kelishi tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, abituriyentlarga test sinoviga kirishda pasport yoki ID-karta bilan birga abituriyent ruxsatnomasining qogʻoz nusxasi ham boʻlishi shartligi eslatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ruxsatnomani rangli chop etish majburiy emas, oq-qora nusxasi ham amal qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abituriyentlar ruxsatnomalarini  @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram boti orqali oson yuklab olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠