Test sinoviga kechikmang: Abituriyentlar imtihon hududiga necha soat oldin yetib kelishi kerak?

Test sinoviga kechikmang: Abituriyentlar imtihon hududiga necha soat oldin yetib kelishi kerak?

2026-2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi. Abituriyent ruxsatnomalarida koʻrsatilgan 6:30 va 13:30 vaqtlari test sinovining boshlanish vaqtini emas, balki test oʻtkaziladigan hududga yetib kelish vaqtini anglatadi.

 

Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari joriy yilda ham ikki smenada oʻtkaziladi. Bunda birinchi smena soat 8:00ikkinchi smena esa soat 15:00 da boshlanadi.

 

Shunga qaramay, abituriyent ruxsatnomalarida test vaqti 6:30 hamda 13:30 deb koʻrsatilgani ayrim abituriyentlarda savollar uygʻotmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, ruxsatnomadagi ushbu vaqt test sinovi boshlanish vaqtini emas, balki abituriyentlarning test oʻtkaziladigan hududga yetib kelishi kerak boʻlgan vaqtni anglatadi.

 

Bunga sabab, har yili koʻplab abituriyentlar testga kechikib kelishi oqibatida sinovlarga kiritilmay qolmoqda. Test hududiga kirishda shaxsni aniqlash, hujjatlarni tekshirish va xavfsizlik nazoratidan oʻtish kabi bir necha bosqichli jarayonlar amalga oshiriladi. Shu bois abituriyentlarning belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin yetib kelishi tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, abituriyentlarga test sinoviga kirishda pasport yoki ID-karta bilan birga abituriyent ruxsatnomasining qogʻoz nusxasi ham boʻlishi shartligi eslatildi. Ruxsatnomani rangli chop etish majburiy emas, oq-qora nusxasi ham amal qiladi.

 

Abituriyentlar ruxsatnomalarini  @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram boti orqali oson yuklab olishlari mumkin.

 

Avvalroq, test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.