Kamida 200 o‘rinli TTJlar quriladi: talabalar yotoqxonalari uchun yangi tartib joriy etildi

Kamida 200 o‘rinli TTJlar quriladi: talabalar yotoqxonalari uchun yangi tartib joriy etildi

Talabalar turar joylarini qurish va moliyalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, kamida 200 o‘rinli yotoqxonalar davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilib, qurilish hamda foydalanish xarajatlarining bir qismi davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi 353-son qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va moliyalashtirish tartibi yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Endilikda tadbirkorlar davlat bilan hamkorlikda zamonaviy talabalar turar joylarini quradi, davlat esa ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi tartibning asosiy jihatlari:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • DXSh asosidagi loyiha kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyi uchun amalga oshiriladi;
  • DXSh har bir yotoq o‘rni uchun qurilish xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya ajratadi (belgilangan limit doirasida);
  • Talabalar turar joyi uchun to‘lov miqdori davlat va xususiy sherik o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi;
  • Davlat qabul komissiyasi orqali joylashtirilgan talabalar uchun yotoqxonani saqlash va foydalanish xarajatlarining 50 foizigacha davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi (belgilangan me’yor doirasida).

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar qolsa, ularga boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ham joylashtirilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, yotoqxona hududidagi bo‘sh maydonlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga ruxsat beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Davlat subsidiyalari maxsus elektron platforma orqali talabalarning biometrik identifikatsiyasi asosida hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat OTTlari buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan 50 o‘rinli yangi yotoqxonalar qurish amaliyoti bekor qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Avval boshlangan loyihalar esa amaldagi bitimlar muddati tugaguniga qadar davom ettiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠