2-iyul holatiga ko‘ra, akademik litseylarga kirish uchun 39 009 ta ariza kelib tushgan

2-iyul holatiga ko‘ra, akademik litseylarga kirish uchun 39 009 ta ariza kelib tushgan

2-iyul soat 10:20 holatiga ko‘ra, akademik litseylarga kirish uchun arizalar soni 39 009 taga yetdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari 10-iyundan 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ 2-iyul soat 10:20 holatiga ko‘ra, akademik litseylarga 39 009 nafar talabgordan ariza kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Murojaat qilganlarning 20 674 nafari (53,0 foiz) qizlar, 18 335 nafari (47,0 foiz) esa o‘g‘il bolalarni tashkil etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda qabul 69 ta akademik litsey, 18 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 898 ta qabul kvotasi bo‘yicha davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Poytaxtdan 7 673 ta ariza topshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo (4 089 ta), Toshkent viloyati (3 778 ta), Farg‘ona (3 232 ta), Samarqand (3 089 ta) va Andijon (3 083 ta) egallab turibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, akademik litseylarga hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali 10-iyulga qadar (shu kuni ham) onlayn qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu muddat davomida abituriyentlar arizalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda hujjatlarini tahrirlash imkoniyatiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠