2026-yil yanvar–iyun oylarida attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi yuborildi.
Qanday tekshirish mumkin?
- pedagog.uzedu.uz – platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring.
- natijalar oynasini oching.
- toʻplangan ballar ostidagi qaror loyihasi bilan tanishing.
Pedagoglar qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, qaror loyihasi boʻyicha savollar paydo boʻlganda, hududlardagi (viloyatlardagi) ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkin.
2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha malaka toifalari berilgan pedagoglarning Sertifikatlari tez kunlarda (1-2 kun ichida) pedagoglarning Shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Avvalroq 2026-yil 26-may va 2-iyun kunlari akademik litsey hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalari tasdiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 1-iyungacha pedagoglarning murojaatlari asosida jami 5 163 nafar pedagogga to’g’ridan-to’g’ri malaka toifasi berilgan.


