Zangiotadagi maktabda pedagoglar ta’mirlash ishlariga jalb etilgani haqidagi xabarlar yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

Zangiotadagi maktabda pedagoglar ta’mirlash ishlariga jalb etilgani haqidagi xabarlar yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida pedagoglar ta’mirlash va ta’mirdan keyingi tozalash ishlariga jalb etilgani haqidagi murojaat tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rganish boshlaganini ma’lum qilib, natijalarga ko‘ra vaziyatga huquqiy baho berilishini bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi 8-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati hamda pedagoglarni taʼmirlash va taʼmirdan keyingi tozalash ishlariga jalb etilishi bilan bogʻliq murojaat tarqalmoqda.

 

Zangiotadagi maktabda pedagoglar ta’mirlash ishlariga jalb etilgani haqidagi xabarlar yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Unga koʻra, vaziyat yuzasidan boshqarma tomonidan oʻrganish ishlari boshlangan.

 

“Oʻrganish davomida murojaatda keltirilgan vajlar, pedagoglarning mehnat huquqlari taʼminlanganligi, ularning xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etilgan yoki etilmaganligi hamda taʼlim muassasasi rahbariyatining harakatlariga huquqiy baho beriladi” — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, oʻrganish natijalariga koʻra qonunchilik talablarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, masʼullarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi maʼlum qilingan.

 

“Qoʻshimcha maʼlumotlar oʻrganish yakunlari boʻyicha taqdim etiladi” — deydi rasmiylar.