HEMIS tizimida ilmiy daraja va unvonlarni avtomatik olish imkoniyati yaratildi

HEMIS tizimida ilmiy daraja va unvonlarni avtomatik olish imkoniyati yaratildi

HEMIS tizimi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi natijasida xodimlarning ilmiy daraja va ilmiy unvonlariga oid ma’lumotlarni avtomatik tarzda olish imkoniyati joriy etildi. Endilikda tegishli ma’lumotlar OAK bazasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklanib, ma’lumotlarni kiritish jarayoni yanada soddalashtiriladi.

 

HEMIS tizimi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ilmiy daraja va ilmiy unvonlari haqidagi ma’lumotlarni tizim orqali avtomatik olish imkoniyati yaratildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ilmiy daraja va unvonlarga oid ma’lumotlarni olish ikki xil usulda amalga oshiriladi.

 

Birinchi usulda xodim anketasidagi pasport ma’lumotlarini olish uchun mo‘ljallangan “Lupa” tugmasi bosilganda, pasport ma’lumotlari bilan birga ilmiy daraja va unvon haqidagi ma’lumotlar ham avtomatik ravishda yuklanadi.

 

Ikkinchi usulda esa “Ilmiy ma’lumotlar” qatoridagi “Lupa” tugmasi orqali faqat tanlangan shaxsga tegishli ilmiy daraja va ilmiy unvon ma’lumotlari olinadi.

 

Tizim OAKning ilmiy ma’lumotlar bazasiga so‘rov yuboradi. Agar bazada tegishli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ular avtomatik tarzda HEMIS tizimiga yuklanadi. Ma’lumot topilmagan hollarda esa ushbu ma’lumotlarni anketaga qo‘lda kiritish imkoniyati saqlanib qoladi.

Avvalroq, endi HEMIS kontrakt qarzdorligi endi avtomatik nazorat qilinishi haqida xabar bergan edik.