UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

University of Business and Science (UBS) Oʻzbekistondagi zamonaviy ta’lim muassasalaridan biri sifatida so‘nggi yillarda xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Universitetda 2026–2027-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

 

UBS qisqa muddat ichida ta’lim sifati, innovatsion yondashuv va raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida bir qator yutuqlarga erishdi. Jumladan, universitet “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi” nominatsiyasida 2024 va 2025-yillarda ketma-ket e’tirof etildi hamda “YIL Brendi – 2025” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

 

Shuningdek, UBS xalqaro reytinglarda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, UI GreenMetric World University Rankings’da TOP–1000 talikda 873-o‘rinni, Round University Ranking ro‘yxatida esa 994-o‘rinni egallagan.

 

Zamonaviy kampuslar va yotoqxonalar

 

UBS oltita zamonaviy kampusga ega boʻlib, ularning toʻrttasi Namangan viloyatida, ikkitasi esa Toshkent shahrida joylashgan. Talabalar uchun qulay va zamonaviy yotoqxonalarning mavjudligi oʻquv jarayonining yanada samarali oʻtishiga yordam beradi.

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi
Bundan tashqari, Namanganda “UBS Hospital” ham tashkil etilgan. Klinikani xalqaro standartlar asosida yoʻlga qoʻyish hamda tibbiyot yoʻnalishi talabalari uchun zamonaviy amaliyot bazasini yaratish maqsadida bir qancha xorijiy davlatlar, xususan, Turkiyaning ‘‘Emsey Hospital’’ klinikasi bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

 

Bugungi kunda universitetda:

 

  • 49 ta bakalavriat;
  • 14 ta magistratura;
  • 5 ta doktorantura ixtisosligida talaba va tadqiqotchilar tahsil olib kelmoqda. 

 

Talabalar uchun grant, stipendiya va imtiyozlar

 

Yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida, o‘quv yili davomida yuqori baholarga ega bo‘lgan talabalar uchun bir semestrlik grantlar ajratiladi. 

 

Har bir semestr yakunida imtihon natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar bepul o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Bugungi kunga qadar 1000 dan ortiq talaba ushbu imtiyozdan foydalangan.

 

IELTS, CEFR yoki Milliy sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lash uchun chegirma va stipendiyalar taqdim etiladi.

 

Bilim va salohiyati yuqori yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 oʻquv yili davomida umumiy hisobda 3 mln soʻm to‘lanadigan stipendiyalar joriy qilingan. 

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

UBS ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanib, kam ta’minlangan oila farzandlari hamda ayol-qizlar uchun alohida imtiyozlarni taqdim etadi. Bu tashabbus jamiyatning barcha qatlamlaridan bo‘lgan iqtidorli yoshlarga teng imkoniyat yaratishga qaratilgan. 

 

Talabalar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Friends” va “Family”  dasturlari ham joriy etilgan:

 

— “Friends” dasturi asosida sinfdoshingiz bilan birga o‘qisangiz, kontrakt to‘loviga 10% chegirma taqdim etiladi;
— “Family” dasturi orqali aka-uka, opa-singil yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan ta’lim olsangiz ham 10% chegirma beriladi.



Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari  

 

UBS universiteti dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

 

Xususan, Amerika, Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, Malayziya, Italiya, Vengriya, Germaniya va Ozarbayjon kabi davlatlardagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

 

Janubiy Koreyaning TOP universitetlar qatorida turuvchi Sejong, Kyungdong oliygohlari bilan qo‘shma ta’lim va amaliyot dasturlari  yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, iqtidorli talabalar Koreya Respublikasida o‘qishlarini davom ettirishi mumkin.

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Kelishuv faqat talabalargagina emas, balki professor-o‘qituvchilarga ham qisqa muddatli amaliyotlar va malaka oshirish imkoniyatlarini bermoqda. Bunga misol tariqasida Turkiyaning Karabuk universiteti hamda Malta davlati universitetida amalga oshirilgan amaliyot dasturlarini keltirish mumkin. Ushbu darslar orqali UBS ustozlari zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va o‘quv jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha qimmatli tajribalarga ega bo‘ldi.

 

UBS vakillari global akademik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Harvard University va Massachusetts Institute of Technology (MIT) bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, AQShning TOP-5 muhandislik universitetlari qatoriga kiruvchi Illinois Institute of Technology bilan talaba va o‘qituvchilar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari hamda amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilmoqda.

 

UBSʼda MIT ta’lim andozalari asosida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish yo‘nalishida ham ishlar olib borilmoqda. Ushbu tashabbuslar jahon standartlariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, dunyo reytingida (THE) TOP-350 talikka kiradigan Yaponiyaning Tsukuba universiteti bilan ikki tomonlama almashinuv dasturlari va sun’iy intellektni ta’limga integratsiya qilish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Qolaversa, UBS delegatsiyasi shu yilning oʻzida Turkiyaning Emsey shifoxonasi, shuningdek Yeditepe, Beykent va Biruni universitetlari bilan ham hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

 

Malayziyaning Universiti Utara Malaysia, Indoneziyaning Universitas Pendidikan Indonesia, Yangi Zelandiyaning University of Otago, Mindanao State University va Universiti Perguruan Ugama Seri Begawan hamda Italiyaning Don Tonino Bello universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bundan tashqari, UBS talabalari Malayziyadagi INTI, SEGI, UPSI hamda Vengriyadagi Wekerle universitetlarida qisqa amaliyot dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro sertifikatga ega boʻldi.

 

Diplomdan ishgacha — UBS siz bilan!

 

University of Business and Science (UBS) o‘z bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash maqsadida Karera markazini tashkil etdi. Ushbu markaz talabalar va bitiruvchilarga ishga joylashish, amaliyot o‘tash hamda malaka oshirish bo‘yicha zarur ko‘mak va imkoniyatlar taqdim etadi.

 

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent shahri hamda vodiy bo‘ylab UBS Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

 

Natijada talabalarning 90–95 foizi amaliyotga qabul qilinib, ish bilan ta’minlandi. Bu esa yoshlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratish borasidagi sa’y-harakatlar samarasidir.



Xalqaro konferensiyalar

 

So‘nggi yillarda UBS universiteti ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishiga jiddiy e’tibor qaratib, akademik hamjamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. 2024-2026 o‘quv yili davomida universitet tomonidan 10 dan ortiq xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalar muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar 20 dan ziyod nufuzli xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda faol ishtirok etdi.

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Universitet olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar indekslangan Scopus bazasining Q1-Q2 reytingli, ya’ni dunyoning eng nufuzli ilmiy jurnallarida e’lon qilingan.

 

Bundan tashqari, universitet olimlarining ilk ilmiy maqolasi “Appliyed Mathematics and Mechanics (English Edition)” jurnalida chop etilgan. Ushbu jurnal o‘z sohasi bo‘yicha dunyo miqyosida TOP-10 likka kiradi va yuqori reytingga ega. Bu yutuq universitet ilmiy salohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib, ustozlarning mehnati va fidoyiligi samarasi hisoblanadi.

 

Ta’lim sifati va akademik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet pedagoglari tomonidan tayyorlangan 50 dan ortiq darslik va o‘quv adabiyoti O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i asosida nashr etishga ruxsat olgan. Bu adabiyotlar zamonaviy o‘quv standartlariga mos bo‘lib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va fanlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.

 

Talabalarning ijodkorligini qoʻllab-quvvatlaydigan platforma

 

Talabalarning bilim olishi, oʻsishi va oʻzini erkin ifoda etishi uchun qulay muhit yaratish har bir zamonaviy universitetning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. UBS universiteti mazkur tamoyilga amal qilgan holda, yoshlarning nafaqat akademik, balki ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.



Xususan, UBS talabalari uchun yilning eng yirik innovatsion loyihasi “Startap loyihalar tanlovi”ni taqdim etib kelmoqda. Tanlovda saralashdan o‘tgan eng yaxshi jamoalar universitet homiyligida Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha o‘quv dasturida qatnashadi. Istiqbolli loyihalar 200 000 AQSh dollargacha moliyalashtirilishi mumkin. Loyihalarni mahalliy va xalqaro bozorda tanitish hamda qo‘shimcha investitsiya jalb qilishda universitetning malakali mutaxassislari talabalarga doimiy yordam ko’rsatadi.

UBS universitetida yangi oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Shuningdek, UBS tomonidan maktab, kollej va litsey o‘quvchilari uchun ham turli olimpiada va tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinadi. Xususan, 2023-yil sovrin jamg‘armasi 2 mlrd so‘mlik, 2024-yil 4 mlrd so‘mlik “UBS fan olimpiadasi”da 20 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etgan. 2025-yilda esa 4 mlrd so‘mlik 5 ta fandan o‘tkazilgan olimpiadada esa Respublika bo‘ylab 120 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qatnashdi.  Sovrindorlarga UBSga grant hamda vaucherlar, ularning o‘qituvchilariga esa qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.

 

Bilim – investitsiya, UBS esa manzil 

 

UBS universiteti o‘zining xalqaro hamkorliklari, ilg‘or o‘quv dasturlari va ta’limda yaratilgan keng imkoniyatlar bilan O‘zbekiston ta’lim tizimini yangilashga ulkan hissa qo‘shmoqda. Universitetning yuqori sifatli ta’limi, ilmiy-tadqiqot salohiyati va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmati, UBSʼni O‘zbekistondagi eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biriga aylantirmoqda.

 

Yo‘nalishlar:

Bakalavr: ubsu.uz/uz/educations/bachelordirections
Magistratura: ubsu.uz/uz/educations/masterdirections
Doktorantura: ubsu.uz/uz/educations/doctoratedirections

 

Murojaat uchun: +998555202626
Telegram Bot: @ubsuzbekistan_bot  
Onlayn hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz
Litsenziya
Elektron pochta: info@ubsu.uz