Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga qabul jarayonida faqat o‘z telefon raqamidan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Agentlikning qayd etishicha, boshqa shaxsning raqami orqali ro‘yxatdan o‘tilsa, abituriyent ma’lumotlariga ruxsatsiz o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Bilim va malakalarni baholsh agentligi abiyuriyentlarni ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishga chaqirmoqda.
Unga ko‘ra, oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.
Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.
Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.
Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.
Avvalroq, OTMlarga ikki bosqichli qabul qanday amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.
