O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga talab oshyaptimi? Statistika e’lon qilindi

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga talab oshyaptimi? Statistika e’lon qilindi

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga talab yuqoriligicha qolmoqda. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mazkur yo‘nalish xizmatlar bozorida eng yuqori o‘sish qayd etilgan sohalardan biri bo‘ldi.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mni tashkil etdi. Xizmatlar orasida ta’lim sohasidagi xizmatlar 122,6 % o‘sish sur’ati bilan eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi.


Xizmatlar turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha:

 

– Moliyaviy xizmatlar — 123,8 %;

 

– Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 122,6 %;

 

– Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,3 %;

 

– Ijara xizmatlari — 117,1 %;

 

– Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 117,0 %;

 

– Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,1 %;

 

– Transport xizmatlari — 115,0 %;

 

– Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,0 %;

 

– Savdo xizmatlari — 113,9 %;

 

– Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 112,8 %;

 

– Shaxsiy xizmatlar — 110,9 %;

 

– Meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 110,5 %;

 

– Boshqa xizmatlar — 115,3 %.

Avvalroq, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln soʻmni tashkil etgan va taʼlim sohasidagi xizmatlardagi oʻsish surʼati 121,2 % bilan eng yaqori koʻrsatgichni qayd etgan edi

 

Shuningdek, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida qancha oliygoh, talaba hamda professor-o‘qituvchi bor ekanligi haqida xabar bergan edik