Hukumatning tegishli Nizomiga muvofiq 2026-yildan SAT sertifikatiga ega abituriyentlar imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriatga qabul qilish tartibiga muvofiq, SAT xalqaro imtihoni natijalari oliy ta’lim muassasalariga kirishda inobatga olinadi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan abituriyentlar sertifikat berilgan fanlar (matematika va ingliz tili fanlari) kirish imtihonlari tarkibiga mos keladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Xabaringiz bor, bugundan 2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn hujjat topshirish boshlanadi. Abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda SAT imtiyozidan foydalanmoqchi bo‘lsa, my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tish bosqichida sertifikatini kiritishi kerak.
Bilimni baholash agentligi sertifikatingizni tan olish uchun siz avval College Board rasmiy sayti orqali Bilimni baholash agentligiga maxsus DI kod bilan sertifikat natijasini jo‘natgan bo‘lishingiz shart.
SAT natijasini Agentlik tizimiga yuborish tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
