Prezident bir guruh shoir va yozuvchilarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Prezident bir guruh shoir va yozuvchilarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

2026-yil 28-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlari imzolandi. Unga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh shoir va yozuvchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

2026-yil 28-may kuni Prezidentning “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.

 

Unga koʻra, oʻzining koʻp yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, yorqin va betakror isteʼdodi bilan xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy maʼnaviyatimizni boyitish, mamlakatimizda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini rivojlantirish, asriy anʼanalarimiz, boy merosimizni asrab-avaylash va Yangi Oʻzbekistonni jahon miqyosida targʻib etishga qoʻshgan munosib hissasi, jamiyatimizda oʻzaro hamjihatlik, ezgulik va bagʻrikenglik tamoyillarini mustahkamlash, yosh iqtidor egalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning mahorat va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, farzandlarimizni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagi shoir va yozuvchilar mukofotlanadi:

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan

 

– Salimova Sharipa — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

 

– Yernazarov Beknazar — Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi masʼul kotibi, yozuvchi;

 

– Mirzayeva Zebo Boymanovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

 

Ergashev Botirjon Yuldashevich — Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, shoir;

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

– Umarova Salima Baxronovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Navoiy viloyati;

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

– Djurayev Ashurali Achilovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

 

– Muhammad Abbos Xan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy aʼzosi, yozuvchi va publitsist;

 

– Norkobilov Normurat — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

 

– Yuldashev Abdikayum Turgunbayevich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

 

– Abdullayev Yevgeniy Viktorovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, shoir va tarjimon;

 

– Nasirova Buritosh — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist, Qashqadaryo viloyati;

 

– Sidikov Xabijon — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Andijon viloyati;

 

– Xodjamberdiyeva Zamiraxon — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

– Ibragimov Shahriyor Shavkat oʻgʻli — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;

 

“Shuhrat” medali bilan

 

– Azizov Shuxrat Mengziyayevich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;

 

– Ibragimova Gulchexra Shaxobidinovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

 

– Quldoshev Bayramali — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

 

– Xayitov Faxriddin Xudoyqulovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir.

 

Shuningdek, Prezidentning “Mamlakatimizda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.

 

Unga koʻra, Yangi Oʻzbekistonda inson qadrini ulugʻlash, ajdodlar xotirasiga munosib ehtirom koʻrsatish maqsadida oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan kelajak avlodlar uchun bebaho meros qoldirgan, Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimizning maʼrifiy-badiiy tafakkuri va intellektual salohiyatini yuksaltirish, yurtimizda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qoʻshgan, jamiyatimizda ezgulik va mehr-oqibat, vatanparvarlik va bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirish yoʻlida unutilmas xizmat qilib, sermazmun hayoti va yuksak insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlanadi:

 

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

– Yoqubov Odil — Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi;

 

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

 

– Hoshimov Oʻtkir — Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi;

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

– Zunnunova Saida — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi.