Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq, Vobkent, Qorakoʻl va Olot tumanlari maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xususan,
Qaxorova Zarnigor Jabborovna — Vobkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga;
Boltayev Azizbek Abdiraximovich — Qorakoʻl tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi etib;
Qobilov Eldor Gʻapporovich — Olot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi vazifasida ish faoliyatini boshladi.
Maʼlum qilinishicha, yangi rahbarlar ushbu tayinlovga qadar turli masʼul vazifalarda faoliyat yuritib kelgan.
Zarnigor Qaxorova Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida bosh mutaxassis, Azizbek Boltayev Qorakoʻl tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida shuʼba mudiri, Eldor Qobilov esa Olot tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, taʼlim boshqarmasi axborotida mazkur hududlardagi boʻlimlarning sobiq rahbarlari qayerga ishga oʻtgani yoki qanday lavozimga tayinlangani haqida maʼlumot berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hududlarda davlat taʼlim siyosatini amalga oshirish, taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda sohadagi islohotlarni joylarda tatbiq etish uchun masʼul hisoblanadi.
