Fargʻonada voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi

Fargʻonada voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi

Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida yo’ldan o’tayotgan uch nafar 10 yoshli qizni Malibu-2 avtomobili urib yubordi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ulardan biri shifoxonada vafot etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlum qilishicha, joriy yilning 20-may kuni soat 16:00 larda voyaga yetmagan Z.A.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ oʻz boshqaruvidagi «Malibu 2« rusumli avtomashinasini Qoʻqon shahri Amir Temur koʻchasida haydab ketayotib, piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 2016-yilda tugʻilgan uch nafar voyaga yetmagan qizni urib yuborgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hodisa oqibatida voyaga yetmagan M.K.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan mashinani boshqargan voyaga yetmagan Z.A.ga nisbatanJinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilanjinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Fargʻona viloyati IIB ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ota-onalarni voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan farzandlariga avtomashina boshqarishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Olmaliqda mototsikl urib yuborishi natijasida 15 yoshli o‘quvchi qiz oyog‘idan ajralgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠