Rossiyaning Sevastopol shahridagi maktablardan birida maktab binosining peshtoqi qulab tushishi oqibatida 9 nafar o’quvchi jarohatlangan. Bu haqda shahar gubernatori Mixail Razvojayev ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, 6 nafar yigit va uch nafar qiz vinetka fotosessiyasi uchun ikkinchi qavat balkoniga chiqqan. Natijada balkon qulab tushgan.
Uch nafar o‘quvchi og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda, olgan bolalar esa o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar olgan.
Jurnalistlar bilan suhbatda gubernator peshtoq qanday qilib balkonga aylantirilganini aniqlash kerakligini aytgan. Chunki u dastlab boshqa vazifa uchun qurilgan bo‘lgan.

