Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Ehtiyojmand oilalardagi 4 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalarni Yagona portal (my.gov.uz) orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin.

 

Har yili 2 mingta qoʻshimcha grant oʻrni berilgan bo’lsa, oʻtgan yildan boshlab bu ikki baravar koʻpaytirildi va 4 mingta grant oʻrni ajratiladigan bo’ldi.

 

Talabgorlar quyidagi 6 ta mezondan biriga tushsa, tavsiyanoma beriladi:

 

— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

— nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

 

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanoma soni cheklanmagan.

 

Mazkur tavsiyanoma biryil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak.

 

Muhim eslatma! Ushbu tavsiyanoma olgan xotin-qizlarga kirish imtihonlarida qo’shimcha ball qo’shib berilmaydi. Tavsiyanoma olganlar o’zaro bellashadi. 

 

Shuningdek, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani kafolat yo’q. O’qishga kirish uchun ham yetarli ball olish ham muhim.

 

Eslatma! Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 31-mayga qadar (shu kuni ham) ariza yuborishi kerak. 

 

Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin, agar mezonlariga to’g’ri kelsa.