Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026-2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Prezident maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
– oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
– tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
– tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,
– ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari,
– bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
Muhim! Prezident maktablarida o’qimoqchi bo’lgan o’quvchilarning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun – Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin
