Prezident maktablariga yangi oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli sanalari maʼlum qilindi

Prezident maktablariga yangi oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli sanalari maʼlum qilindi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026-2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Prezident maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

– oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

–  tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

–  tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

–  ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

–  bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhim!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Prezident maktablarida o’qimoqchi bo’lgan o’quvchilarning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun –  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠