“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga yangi rektor tayinlandi

“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga yangi rektor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Bahodir Ahmedov “Yangi Oʻzbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

 

Tayinlovga qadar u 2021-yildan buyon “Yangi Oʻzbekiston” universitetida professor hamda oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

 

Bahodir Ahmedov fizika-matematika fanlari doktori boʻlib, Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Shundan soʻng, u Ispaniyaning University of Granada universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan hamda Germaniyaning RWTH Aachen University doktoranturasini yakunlagan.

 

Shuningdek, Bahodir Ahmedov 2020-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

 

Avvalroq, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rektor vazifasini bajaruvchisi tayinlangani haqida xabar bergan edik.