27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matematika fani o‘qituvchilarining attestatsiya sinovlari qayta o‘tkaziladi (manzillar)

27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matematika fani o‘qituvchilarining attestatsiya sinovlari qayta o‘tkaziladi (manzillar)

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, joriy yilning 27-aprel kuni matematika fanidan oʻtkazilgan malaka toifa sinovlari vaqtida soat 13:30 dan boshlab texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ustozlar jarayonlarni belgilangan vaqtda yakunlay olmagan. Shu sababdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qo‘shimcha sinov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

 

Avvalroq, 27-aprel kuni matematika fanidan attestatsiya sinovlari vaqtida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab test jarayoni vaqtincha to‘xtatilgani va bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi haqida xabar berilgandi.

 

Shu munosabat bilan, mazkur pedagoglar uchun matematika fanidan malaka (test) sinovlari joriy yilning 13-may kuni qo‘shimcha o‘tkaziladi (27-aprel kuni soat 8:00 dan 13:30 gacha testni to‘liq yakunlagan pedagoglar bundan mustasno).

 

Bu haqida pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga ham tegishli xabarnomalar yuboriladi. Test sinovlari belgilangan mazkur manzillarda oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, vazirlik ushbu sinov bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

 

“Siz mazkur qayta test sinovlarida qatnashish orqali oʻzingizning avvalgi natijangiz bekor boʻlishi hamda keyingi natijalaringizga rozi ekanligingizni bildirgan boʻlasiz”.

 

Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi

 

Manzil: Nukus shahri Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy

Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida

 

Andijon viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi

 

Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy

Mo‘ljal: malaka oshirish instituti

 

Buxoro viloyati  — Buxoro shahridagi 44-maktab

 

Manzil:  Buxoro shahar  «Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy

Mo‘ljal:  Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);

 

Jizzax viloyati — Jizzax shahar 4-maktab

 

Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy;

Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.

 

Qashqadaryo viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi

 

Manzil: Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy

Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.

 

Navoiy viloyati — Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi

 

Manzil: Navoiy shahar Aloqa ko‘chasi 6-uy

Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.

 

Namangan viloyati — Namangan shahridagi 15-maktab

 

Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy

Mo‘ljal: Chorsu.

 

Samarqand viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi

 

Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy

Mo‘ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

 

Surxondaryo viloyati — Termiz shahridagi 14-sonli maktab

 

Manzil: Termiz shahar «A.Jomiy» MFY, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 4/54-uy.

Mo‘ljal: «TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO» buyum bozori.

 

Sirdaryo viloyati — Guliston shahar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi

 

Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy

Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i

 

Toshkent viloyati — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

 

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.

 

Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

 

Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A.

 

Mo‘ljal: “Chery” avtosaloni.

 

Xorazm viloyati  — Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi)

 

Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy.

Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi

 

Toshkent shahri —Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

 

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy

Mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.