Andijonda sinfdan faqat bir o‘quvchi darsga bordi. Holatni MMTB o‘rganmoqda

Andijonda sinfdan faqat bir o‘quvchi darsga bordi. Holatni MMTB o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani 35-maktabda ota-onalar noroziligi sabab ayrim o‘quvchilar darslarga kelmagani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Unga ko‘ra, 38 nafar o‘quvchidan faqat bittasi darsga kelgani, ota-onalar esa maktab direktori faoliyatidan norozi ekani ta’kidlangan.

 

Holat yuzasidan Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat Andijon tumani MMTB boshlig‘i A. Xonto‘rayev ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda.

 

“O‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, rasmiy munosabatda maktabning bugungi kundagi davomati yaxshi ekani ta’kidlanib, holat to‘liq oydinlashgunga qadar turli xulosalar va talqinlarni ilgari surmaslik so‘ralgan.