Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 24-apreldagi 158-son buyrug‘i 4-ilovasiga ko‘ra, baholash jarayonlari joriy yil 16-may kuni an’anaviy shaklda o‘tkazilishi belgilangan umumta’lim maktablarining ro‘yxati tasdiqlandi.
2025/2026-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha summativ baholash sinovlari 13–21-may kunlari tashkil etiladi.
Sinov jadvali:
- 5-sinf – 13-may — onlayn
- 6-sinf – 14-may — onlayn
- 7-sinf – 15-may — onlayn
- 8-sinf – 16-may — onlayn
- 9-sinf – 18-may — onlayn
- 10-sinf – 19-may — onlayn
- 11-sinf – 20-may — onlayn
- 21-may — yetarli ball to‘play olmagan yoki qatnasha olmagan o‘quvchilar uchun qayta sinov
Muhim eslatmalar: onlayn sinovlarda o’quvchilar o’z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashadi.
Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.
Maktablar ro‘yxati — Faylni yuklash
