Prezidentning tegishli qaroriga asosan, yosh mahkumlarni raqamli va zamonaviy kasblarga o‘rgatishga qaratilgan “Ikkinchi imkoniyat” loyihasiga start beriladi.
Prezidentning 2026-yil 27-martda “Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 117-son qarori qabul qilindi.
“Ikkinchi imkoniyat” loyihasining asosiy maqsadi — yosh mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish, ozodlikka chiqqanidan keyin munosib ish topishiga ko‘maklashish, mustaqil hayotga tayyorlash hamda qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdan iborat.
Kimlar uchun?
O‘quv markazlari hamda individual shartnoma asosida ishlashga tayyor o‘qituvchilar uchun. Agar jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarga zamonaviy va raqamli kasblarni o‘rgatishga tayyor bo‘lsangiz, takliflaringizni quyidagi shakl orqali yuboring.
Loyiha doirasida dastlabki bosqichda 2026-yil 1-iyundan boshlab Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027-yil 1-martdan boshlab respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitish (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda:
- oʻquv kurslari 8 — 12 oylik intensiv oʻquv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;
- oʻquv kurslariga ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlarni sodir etgan jazoni oʻtayotgan yoshlar jalb qilinadi, bundan axborot texnologiyalari yordamida jinoyat sodir etgan shaxslar mustasno;
- oʻquv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) oʻrganish boʻyicha yagona intensiv dasturlar asosida ham oʻqitiladi;
- oʻquv kurslari jazoni oʻtayotgan yoshlarning qiziqishlari va isteʼdodidan kelib chiqqan holda guruhlarda tashkil etiladi;
- jazoni oʻtayotgan yoshlarning qiziqishlari va isteʼdodi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda sohaning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan ishchi guruhning oʻrganishlari natijasida aniqlanadi;
- oʻquv kurslari yakuni boʻyicha tegishli dasturlarni oʻzlashtirgan jazoni oʻtayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar
Eslatma: birinchi bosqichda mashg‘ulotlar Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarining o‘zida tashkil etiladi.
