9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan imtihon biletlari e’lon qilindi

9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan imtihon biletlari e’lon qilindi

2026-yil 1–6 may kunlari 9-sinf bitiruvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan imtihon biletlari rasman eʼlon qilindi.

 

Tasodifiy tanlash tizimi asosida o‘tkazilgan natijalarga ko‘ra:

 

  • O‘g‘il bolalar — 1-bilet,
  • Qiz bolalar — 4-bilet

 

asosida yakuniy baholash amalga oshiriladi.

 

Har bir biletda amaliy mashqlar belgilangan bo‘lib, o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakat texnikasi va sport madaniyati baholanadi.

 

9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan imtihon biletlari e’lon qilindi

9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan imtihon biletlari e’lon qilindi