2026-yil 1–6 may kunlari 9-sinf bitiruvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan imtihon biletlari rasman eʼlon qilindi.
Tasodifiy tanlash tizimi asosida o‘tkazilgan natijalarga ko‘ra:
- O‘g‘il bolalar — 1-bilet,
- Qiz bolalar — 4-bilet
asosida yakuniy baholash amalga oshiriladi.
Har bir biletda amaliy mashqlar belgilangan bo‘lib, o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakat texnikasi va sport madaniyati baholanadi.


