Joriy yilgi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi.
Mazkur sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
BOSHLANG‘ICH TA’LIM
Boshlang`ich ta’lim (qoraqalpoq)
QARDOSH TILLAR
(qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman)
XORIJIY TILLAR
(fransuz, hindiy, ingliz, koreys, nemis, xitoy, yapon)
FANLAR
Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun:
— kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi;
— shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar), deb topilgan pedagog kadrlar ham hujjat topshirishlari mumkin.
Avvalroq, 2026-yilgi kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari jarayoni haqida eng muhim ma’lumotlar haqida xabar bergan edik.
