TerDu rektori Abduqodir Toshqulov yangi lavozimga tayinlandi

TerDu rektori Abduqodir Toshqulov yangi lavozimga tayinlandi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentining 2026-yil 15-apreldagi buyrugʻiga ko‘ra, Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshqulov Abduqodir Hamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimi raisi lavozimiga tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abduqodir Toshqulov faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi;
  • 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari;
  • 2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi;
  • 2010-yilgacha ushba lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri;
  • 2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
  • 2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
  • 2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
  • 2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari;
    2023-yil 1-noyabrdan Termiz davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshqulov Abduqodir Hamidovich – Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimi Termiz davlat universitetining Ilmiy-tadqiqot markazida faoliyat olib boradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2025-yil 27-dekabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimini tashkil etish belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠