TerDu rektori Abduqodir Toshqulov yangi lavozimga tayinlandi

TerDu rektori Abduqodir Toshqulov yangi lavozimga tayinlandi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentining 2026-yil 15-apreldagi buyrugʻiga ko‘ra, Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshqulov Abduqodir Hamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimi raisi lavozimiga tayinlandi. 

 

Abduqodir Toshqulov faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan:

 

  • 2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi;
  • 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari;
  • 2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi;
  • 2010-yilgacha ushba lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri;
  • 2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
  • 2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
  • 2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
  • 2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari;
    2023-yil 1-noyabrdan Termiz davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan.

 

Toshqulov Abduqodir Hamidovich – Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimi Termiz davlat universitetining Ilmiy-tadqiqot markazida faoliyat olib boradi.

 

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2025-yil 27-dekabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimini tashkil etish belgilangan.

 

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.