Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi

Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi

Vazirlar Mahkamasi qarori  bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, taʼlim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun bir qancha davlat xizmatlari narxiga 50 foiz chegirma berilishi belgilandi.

 

Bunda quyidagi xizmatlar uchun ushbu chegirma amal qiladi:

– koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;

– muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari;

– umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari;

– traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish byoʻicha davlat xizmatlari;

– rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqalar.

 

Shuningdek, kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor oʻrinbosarlari 5-yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitilishi belgilandi.

 

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, boshqa yoʻnalishga oʻtkazish va oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish tartibi belgilandi.

Eslatma! Joriy yilning 20-aprel kuni soat 14:00 da oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanadi.