Mart oyida bo‘lib o‘tgan chet tili imtihoni natijalari ma’lum bo‘ldi

Mart oyida bo‘lib o‘tgan chet tili imtihoni natijalari ma’lum bo‘ldi

Ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, italyan (B2, C1), dariy (B2, C1), hind (B2, C1) tillaridan mart oyida bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali olishlari mumkin.

 

Xabaringiz bor, mart oyidagi xorijiy tillardan bilish darajasini aniqlash multilevel imtihonlarining yozma shakli 14-16-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 9-aprel kuni yakunlangan.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

O‘z natijasidan norozi bo‘lganlar  3 kun mobaynida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlarida chet tilidan B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun maksimal ballning 75%i, B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

 

Avvalroq, endi ayrim talabalardan magistratura bosqichida oʻqish uchun chet tili sertifikati talab etilmasligi haqida xabar bergan edik.