Ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, italyan (B2, C1), dariy (B2, C1), hind (B2, C1) tillaridan mart oyida bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali olishlari mumkin.
Xabaringiz bor, mart oyidagi xorijiy tillardan bilish darajasini aniqlash multilevel imtihonlarining yozma shakli 14-16-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 9-aprel kuni yakunlangan.
Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
O‘z natijasidan norozi bo‘lganlar 3 kun mobaynida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlarida chet tilidan B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun maksimal ballning 75%i, B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.
Avvalroq, endi ayrim talabalardan magistratura bosqichida oʻqish uchun chet tili sertifikati talab etilmasligi haqida xabar bergan edik.
