Milliy reytingda TOP-50 texnikumlarga BHMning 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi

Milliy reytingda TOP-50 texnikumlarga BHMning 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi

Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi va milliy reytingdagi “TOP-50” texnikumlar 1,2 mlrd soʻmgacha ragʻbatlantirilishi mumkin.

 

2026-yil 15-aprelda Adliya vazirligi “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3816).

 

Unga ko‘ra, texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi.

 

Milliy reyting maʼlumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

 

– vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar;

– taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar;

– umummilliy soʻrovnoma natijalari.

 

Har yili 10-oktyabrga qadar oʻtgan yil uchun milliy reyting natijalari eʼlon qilinadi.

 

Bunda, har yili 30-mayga qadar oʻquvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma oʻtkaziladi.

 

Milliy reytingda eng yuqori oʻrinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi hamda ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi:

 

  • 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
  • 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish.